So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

26 dek 14:53
Yangiliklar

Xokkey

Xokkeyga kirib kelishi, O'zbekiston va Humo haqida. Jamoa sardori Aleksandr SHHerbina bilan qiziqarli intervyu

CAFB jurnali "Humo" sardori Aleksandr SHHerbina bilan intervyuni taqdim etdi.

O'zbekistonga o'ttiz yillik tanaffusdan so'ng xokkey qaytib keldi. O'zbekiston xokkeyni rivojlantirish maqsadida 12500 muxlisga mo'ljallangan “Humo” arena qad ko'tardi. Arena to'liq jahon standartlariga javob beradi. Jamoaning o'zi esa 2019 yilda tashkil etilgan. “Humo”ning maqsadi KXLga yo'l olish. Jamoaning o'zagi VXL va KXLda o'ynagan nomdor o'yinchilardan iborat. 

Jamoa sardori Aleksandr SHHerbina. 31 yoshli xokkeychi Rossiyaning shimoliy poytaxti Sankt-Peterburgda tug'ilgan. U xokkey bilan juda yosh vaqtidan shug'ullanishni boshlagan. Professional faoliyatini Oliy liga jamoasi “Spartak”da 2006 yilda boshlagan. KXLda ancha tajribaga ega bo'lgan SHHerbina so'nggi mavsumini “Ska-Neva” jamoasida o'tkazgan.

Xokkeyda siz uchun eng muhimi nima?

Xokkeydagi asosiy maqsadim — g'alabalar. Aynan shu uchun qattiq mashg'ulot olib boramiz.


Siz uchun g'alaba birinchi. Ishtirokchi?

Xa, albatta. Ishtirok? men uchun yoshligimda bu birinchi raqamli maqsadim bo'lgan, lekin endi men yosh emasman. Professional sportchiman, g'alaba bo'lsagina, natija bo'ladi.


Agar hayotingizni taqsimlash imkoni bo'lsa, siz necha foizini xokkeyga bergan bo'lardingiz?

Qiyin savol... Lekin umrimni yarmidan ziyodini bersam kerak. Menimcha, umrimning 70 foizni xokkeyga bag'ishlagan bo'lardim. Jamoamdagi jamoadoshlarimni oila azolarimdan ko'ra ko'proq ko'raman.

Siz xokkey bilan yoshligingizdan shug'ullanasiz. Xokkey sizga qanday xislatlarni berdi?

Mehnatsevarlik. Har qanday sport dastlab sizga mehnatsevarlikni o'rgatadi.


Xokkey — qiyin sport turi. Bu sizga hayotingiz davomida xalaqt bermaydimi?

Haqiqatdan ham biz muzda va hayotda boshqa boshqa inson bo'lamiz. Lekin siz muzga tushganingizdan so'ng, qiyin yoki og'ir bo'lishini o'ylamaysiz. Muzda umuman boshqacha his tuyg'u bo'ladi. Ammo siz juda qo'pol sport turi bilan shug'ullansangiz, hayotda ham shunaqa bo'lasiz degani emas.


Sizda g'alaba uchun qandaydir alohida taktika bo'ladimi?

Biz hech qachon bitta taktikani ikki marta ishlatmaymiz. Har bir raqib uchun alohida taktika tayyorlaymiz.

Kun tartibingiz qanday? To'g'ri ovqatlanishga etibor berasizmi?

Xokkeychida to'g'ri ovqatlanish degan tushuncha bo'lmaydi. Har bir uchrashuvdan so'ng kalloriyasi yuqori bo'lgan taom eymiz. Kun tartibi esa bor. Dastlab nonushta, keyin mashg'ulot. Xokkeychi uchun eng muhimi: Uchrashuv kuni tushlikdan so'ng dam olish vaqti bo'lishi kerak. SHunda sportchi tetik bo'ladi. Kechqurun esa kechki ovqat va dam olish.


“Xumo” bilan shartnoma imzolashingizdan avval O'zbekistonda bo'lganmisiz?

Yo'q, bu erda birinchi marta bo'lishim. Ochig'ini aytganda, bu erga kelishimdan avval xavotir bor edi. CHunki O'zbekiston haqida hech qanday malumotim yo'q edi. Lekin tashrifimning birinchi kunidayoq O'zbekiston qanday ajoyib mamlakat ekanligiga amin bo'ldim. Mamlakat ajoyib, ob-havo yaxshi, shaharlar toza. Qisqasi, menga mamlakat yoqdi.O'zbekistonga o'ttiz yillik tanaffusdan so'ng xokkey qaytib keldi. O'zbekiston xokkeyni rivojlantirish maqsadida 12500 muxlisga mo'ljallangan “Xumo” arena qad ko'tardi. Arena to'liq jahon standartlariga javob beradi. Jamoaning o'zi esa 2019 yilda tashkil etilgan. “Xumo”ning maqsadi KXLga yo'l olish. Jamoaning o'zagi VXL va KXLda o'ynagan nomdor o'yinchilardan iborat. Jamoa sardori Aleksandr SHHerbina. 31 yoshli xokkeychi Rossiyaning shimoliy poytaxti Sankt-Peterburgda tug'ilgan. U xokkey bilan juda yosh vaqtidan shug'ullanishni boshlagan. Professional faoliyatini Oliy liga jamoasi “Spartak”da 2006 yilda boshlagan. KXLda ancha tajribaga ega bo'lgan SHHerbina so'nggi mavsumini “Ska-Neva” jamoasida o'tkazgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing