19 may 08:01
Yangiliklar
Xokkey
Xokkeyimiz yulduzchalaridan biri Salohiddin Azimov Kanada klubi bilan shartnoma imzoladi!
O'zbek xokkeyida navbatdagi quvonchli yangilik.
O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Salohiddin Azimov «Somang Hockey» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Mazkur jamoa United States Premier Hockey League premer divizionining mavqe jihatidan uchinchi Ligasida ishtirok etadi. «Somang Hockey» jamoasi Kanadaning Kvebek provinciyasi, Terbon shahrida joylashgan.
16 yoshli xokkeychimiz faoliyatini SHveciyaning "Sollentuna" klubida davom ettirishi kutilgan edi, biroq viza bilan bog'liq muammolar bunga to'sqinlik qildi.
Avvalroq, yana bir yurtdoshimiz Jasurbek Rustamxonov AQSH yoshlar xokkey ligasida ishtirok etuvchi "Dubuque Fighting Saints" klubi tomonidan draft qilingan edi.

Havola :
Manba : t.me/humoobzor
O’xshash yangiliklar
17:28
Toshkentda o'tadigan Octagon 87 turniri asosiy kardining bir nechta janglari tasdiqlandi + POSTER 0
Fikrlar