So’nggi yangiliklar

21:17Ла Лига. "Реал"да ғалаба, Модрич "Қироллик клуби"даги сўнгги ўйинини ўтказди 0 19:21Оливейра – Топурия жанги ҳақида: "Топурия кучли зарбага эга, аммо у янги вазн тоифасига ўтди" 0 18:57АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди 0 18:35Жон Жонс ММАдаги фаолиятини тугатдими? Спортчи жавоб берди 0 18:02UFC жангчиси Дана Уайт ўзи учун 1 миллион доллар тўлаб бергани ҳақида гапириб берди 0 17:33Thailand Open. Биринчи кунги беллашувларнинг барчасини ғалаба билан якунладик 0 17:07Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум 0 16:46Чарльз Оливейра: "Агар Делла Маддалена Махачевга имкон бериб қўйса, ҳаммаси тугайди" 0 16:19Россия фигурали учиш федерацияси Ижроия қўмитаси Иван Поповнинг Ўзбекистонга ўтишига рухсат бермади 0 15:48Маҳмуд Мурадов камар учун жанг қиладиган Oktagon 72 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:21БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади? 0 15:00Рамазон Темиров: "Камаргача боришим учун UFC'нинг ўзи яхши рақиблар беряпти" 0 14:35Tepe Sigeman 2025. Жавоҳир Синдаров иккинчи ўринда бормоқда 0 14:07WBC Мужибилло Турсунов ҳамда Аюбхон Бахтиёров иштирокидаги жангларни эълон қилди 0 13:40Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин 0

07 jan 17:08
Yangiliklar

Kurash, Tadbirlar

Xorijlik hakam va murabbiylar kurash qoidalarini O'zbekistonda o'rganishadi

Teglar :  Kurash
Bugun poytaxtimizdagi O'zbekiston taekvondo associaciyasi anjumanlar zalida kurash bo'yicha hakamlar va murabbiylar uchun xalqaro seminar o'z ishini boshladi.

Xalqaro kurash instituti hamda O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan ilk bora tashkil etilgan mazkur anjumanda milliy kurashimizni rivojlantirish bo'yicha takliflar ham ilgari surilmoqda.

Kurash sportining 2018 yildan etiboran Osiyo o'yinlari dasturiga rasman kiritilishi unga bo'lgan qiziqishni sezilarli darajada oshirib yubordi. Natijada dunyoning juda ko'plab davlatlaridagi murabbiy va hakamlarda kurash qoidalari bilan yaqindan tanishishga ehtiyoj tug'ildi. Ana shu maqsadda Xalqaro kurash instituti hamda O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijlik mutaxassislarning kurash qoidalarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan o'rganishlarida qo'l keladi.

Xalqaro seminarda o'zbekistonlik murabbiy va hakamlar bilan bir qatorda Markaziy Osiyo davlatlaridan Eron, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston, qolaversa, Ozarbayjon, Xitoy Taypeyi, Iroq kabi o'nlab mamlakatlardan 50 nafarga yaqin mutaxassis ishtirok etmoqda.

Tadbirda Kurash Xalqaro associaciyasi asoschi raisi Komiljon Yusupov ushbu sport turining bugungacha bosib o'tgan yo'li haqida qisqacha malumot berdi. Xalqaro seminarda ishtirok etayotgan Kurash Xalqaro associaciyasining texnik direktori, eronlik Rizo Nosiriy Osiyo o'yinlaridan keyin kurash sport turi bo'yicha hakamlar va murabbiylarga bo'lgan talab ortganligini alohida etirof etdi.

SHuningdek, seminarda yana bir masala – Xalqaro Kurash institutini Xalqaro Kurash Universitetiga o'zgartirish va ushbu sport turidagi talim tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalasi ham muhokamaga qo'yildi va bir ovozdan maqullandi. O'n kun davom etadigan xalqaro seminarda ishtirokchilar olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish imkoniyatiga ham ega bo'lishadi.

- Kurash bugungi kunda dunyo sporti oilasi safiga dadil kirib bormoqda. Ayniqsa, XVIII yozgi Osiyo o'yinlaridan keyin unga bo'lgan qiziqish yanada ortdi, dedi biz bilan suhbatda Kurash Xalqaro associaciyasi texnik direktori, eronlik Rizo Nosiriy. – Biz bugun kurash vatanida bo'lib qoidalar bilan yaqindan tanishib olishni maqsad qilganmiz. Osiyo o'yinlaridan keyin qitamizdagi bazi davlatlarda kurash qoidalari kitob shaklida chop etilgan va ularda ayrim xatoliklar uchramoqda. SHuni aytish kerak, bugun dunyo tan olgan sport turi kurash qoidalari Komiljon Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan va unga o'zgartirishlarni ham aynan kurash Vatani vakillari amalga oshirishi mumkin. Nazarimda, bugungi kurash qoidalari mukammal ishlab chiqilgan va uni yanada yaxshi o'rganib, keng targ'ib etishimiz kerak.

- 2018 yil kurash sporti tarixida o'chmas iz qoldirdi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Davlatimiz rahbarining kurashni rivojlantirishga oid qarorida belgilab berilganidek, 6 sentyabr – “Kurash kuni” sifatida ilk bor rasman nishonlandi. Yurtimizda O'zbekiston Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan xalqaro turnirlar ham saviyasi jihatidan yuksak darajada tashkil etildi va bu jarayonda hamkor tashkilotlarimizning ham xizmatini alohida takidlab o'tish joiz. Osiyo o'yinlari dasturiga kurashning kiritilgani esa alohida tarix. Endi dunyoda kurash sport turiga bo'lgan ehtiyoj ortdi. Ular qoidalarni, umuman, kurash sporti tarixini qaerdan o'rganadi? Albatta bizdan. SHu maqsadda Xalqaro kurash institutining faoliyatini qayta ko'rib chiqish va uni Xalqaro kurash universitetiga aylantirishga qaror qildik. O'ylaymanki, bunday seminarlar bundan buyon yanada ko'p o'tkaziladi va kurash oilasi safi yanada kengayadi, - dedi Kurash Xalqaro associaciyasi asoschi raisi Komiljon Yusupov.

Otabek Eshmamatov, Muhammad AMIN (surat), O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing