05 okt 11:10
Yangiliklar

Xotamova va Merenkova yakkalikdagi ishtiroklarini to'xtatishdi
Ushbu musobaqaning asosiy to'rida besh nafar hamyurtimiz ishtirok etayotgan edi. Ulardan ikki nafari yakkalik bahslari bilan birinchi davradayoq xayrlashdi. Polina Merenkova mezbonlar vakili, turnirning uchinchi raketkasi Go'zal Aynitdinovaga 1:6, 6:4, 2:6, SHahnoza Xotamova esa rossiyalik Anna Ukolovaga 1:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qolgan uch nafar tennischimiz esa raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo'l olishdi. Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan Arina Folc belaruslik Viktoriya Munni 6:0, 6:1, sakkizinchi raketka sifatida qayd etilgan Kamola Umarova qozog'istonlik Arina Taluenkoni 6:1, 7:5, Albina Xabibulina esa belaruslik Lizaveta Xancharovani 6:1, 4:6, 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar