So’nggi yangiliklar

13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0 10:29Фазлиддин Ғоибназаров "сотилгани" ҳақида миш-миш тарқалган Ражаб Бутаев билан жангини эслади 0 09:5316 нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида қатнашади 0 09:18Бугун Осиё чемпионатида 6 боксчимиз рингга кўтарилади, бир жуфтликда ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз! 0 08:47Балогун ЖЧ-2026`даги дисквалификациясининг жанжалли тарзда бекор қилиниши бўйича баёнот берди 0 08:14Дастин Порье икки рақиб учун фаолиятини давом эттиришга тайёр 0 07:39Яхши хабар: Достон Бозоров UFC'га йўлланма берувчи Дана Уайтнинг Даъвогарлар сериясида қатнашиши кутилмоқда 0 07:11Дзюдочиларимизнинг дзюдо ватанидаги Осиё ўйинларида нечта медаль кўзлаётгани очиқланди 0 19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0

07 may 17:52
Yangiliklar

Futbol

Xotira turniri ortidan sport ommaviyligi

Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan marxum murabbiy Nematilla Boymurodov xotirasiga bag'ishlanib futbol turniri o'tkazildi.

Tumandagi qaraib barcha umumtalim maktablari o'quvchilarini qamrab olgan xotira turnirida ikki mingdan ortiq futbolsevar yoshlar ishtirok etishdi. 

-Mazkur xotira turniri uzoq yillardan buyon ananaviy ravishda o'tkazib kelinmoqda. Avvalo buni yosh avlodning o'qituvchi-murabbiylarga bo'lgan yuksak hurmat etibori ramzi sifatida qabul qilishimiz mumkin. Oldingi yillarda musobaqalar bitta hududda besh yuzga yaqin ishtirokchilar orasida tashkil etilgan bo'lsa, bu yildan Xotira turniri “tuman Hokimi kubogi uchun” maqomini oldi va unining ishtirokchilari soni to'rt barobar ortdi, -deydi Kattaqo'rg'on tumani xalq talimi bo'limi metodisti Qamariddin Turdiev.

Hududlarda o'tkazilgan murosasiz bahslarda birinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar yarim finalga yo'l olishdi. Moybuloq QFY hududidan 73 sonli umumtalim maktabining “Burgan” jamoasi, “Payshanba” QFY hududidan 5 sonli umumtalim maktabi “Yosh futbolchi”, Kattaming va Qo'shtepa QFY hududlaridan 28 sonli umumtalim maktabining “Yangiobod” jamoasi, Kattaqo'rg'on shahar hududidan 57 sonli umumtalim maktabi “Kattaqurg'on” jamoasi finalga chiqish uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi. Natijalar.

Yarim finalda:

“Yangiobod” – “Yosh futbolchi” 1-2

“Kattaqo'rg'on” – “Burgan”  1-0

3- o'rin uchun:

“Yangiobod” – “Burgan” 2-0

Final:

“Yosh futbolchi” - “Kattaqo'rg'on” 0-0 (penalti 3-2)


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing