09 fev 14:24
Yangiliklar
Xuan Martin Del Potro: "Agar bu yakun bo'lsa, men matbuot anjumanida emas, kortda tugatganimdan xursandman"
"Bugun men nuqta qo'ydim. Odatdagi hayot uchun tizzamni saqlab qolishim kerak. Lekin tennis oynasini ochiq qoldiraman, chunki bugun unutilmas tuyg'ularni boshdan kechirdim. Agar bu mening oxirgi o'yinim bo'lsa, tennisdan xursandchilik bilan ketaman.
Endi Rioga borishimga ishonchim komil emas. Men ikkita turnir o'tkazolaman deb shhylagandim, chunki Braziliyada bugungidek his-tuyg'ularni boshdan kechirishim mumkin edi. Buni jamoa bilan muhokama qilaman. Har holda, tennis endi men uchun asosiy muammo emas. Agar bu yakun bo'lsa, men matbuot anjumanida emas, kortda tugatganimdan xursandman”, — deya Del Potroning so'zlarini keltiradi Tennis TV.
Uchrashuv yakunida esa tennischi ko'z yoshlarini tiyib turolmadi.
Fikrlar