01 fev 08:19
Yangiliklar
Tennis

Xuaxin turnirida chorak finalchilar malum bo'ldi
Xuaxin shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha Toyota Thailand Open turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Musobaqaning ikkinchi davra bahslaridan so'ng barcha chorak final ishtirokchilari malum bo'ldi. SHveycariyalik Viktoriya Golubich xitoylik dugonasi Duan Yin-Yinni 7/6(4), 7/5, yana bir xitoylik tennischi Yafan Van vatandoshi CHjan SHuayni 4/1 hisobida mag'lub etdi. Jarohat sabab SHuay uchrashuvni yakuniga etkaza olmadi.
WTA reytingida 98-o'rinni egallab turgan polshalik Magda Linett ruminiyalik Monika Nikuleskudan 4/6, 6/3, 6/2 hisobida ustun keldi. Dunyoning 74-raketkasi sloveniyalik Tamara Zidanshek Jennifer Bredini 6/3, 0/6, 7/6(9) hisobida engdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar