18 iyu 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA
XXI asrning eng yaxshi 100 nafar sportchisi ro'yxati shakllantirilmoqda. Hozircha undan 2 nafar MMA va boks jangchisi o'rin olgan
Nufuzli ESPN nashri XXI asrning yuz nafar eng yaxshi sportchisi reytingini tuzib chiqdi.
Bu haftada 100-76-o'rinlarni egallagan 25 nafar sportchi nomi aniqlandi. Tanlovda faqatgina 2000 yildan keyingi natijalar hisobga olingan.
Nashr ro'yxatidan aralash yakkakurash (MMA) jangchilari va bokschilardan ikki nafari joy oldi. Jumladan, UFC SHon-shuhrat zali azosi, ikki vazn toifasida Liganing sobiq chempioni, kanadalik Jorj Sen-Per (76-o'rin) hamda boks bo'yicha ikki vaznda sobiq jahon chempioni, afsonaviy amerikalik Bernard Xopkins (78-o'rin) ro'yxatga kiritilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar