03 iyu 13:57
Yangiliklar
Tennis

Yakshibarova Isroil turniri juftligida finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Vlada Yakshibarova Isroilning Kiryat SHmona yakuniga etib borayotgan sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat turnirning juftliklar bahsida finalga chiqdi.
Isroillik Karen SHlomo bilan tandem hosil qilgan Vlada birinchi raqamli juftlik hisoblanadi.
Ular yarim final uchrashuvida to'rtinchi raqamli juftlik – franciyalik Fiono Kodino hamda belgiyalik Matilde Devits hamkorligidan 6:3, 7:5 hisobida ustun kelishdi. Bugun Vlada va Karen bosh mukofot uchun kechadigan bahsda turnirning ikkinchi raketkalari – vengriyalik Naomi Totka va chernogoriyalik Ana Veselinovichga qarshi kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar