18 noy 07:23
Yangiliklar

Yakuniy ATR turniri. Jokovich va Raonich 1/2 finalda
Dunyoning sakkiz nafar eng kuchli raketka ustalari ishtirokida o'tayotgan nufuzli turnirda guruh bosqich bahslari yakuniga etib boryapti. Bugun Jon Makinroy nomli guruhda so'nggi uchinchi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Serbiyalik Novak Jokovich guruhning so'nggi uchrashuvida belgiyalik David Goffenga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:1, 6:2. Kanadalik Milosh Raonich esa yarim final chiptasi uchun kechgan bahsda avstriyalik Dominik Timni 7:6, 6:3 hisobida engdi.
Barclays ATP World Tour Finals
London, Buyuk Britaniya
Yakuniy ATR turniri
Sovrin jamg'armasi – 7 600 000 dollar
Novak Jokovich (Serbiya) – David Goffen (Belgiya) 6:1, 6:2
Milosh Raonich (Kanada) – Dominik Tim (Avstriya) 7:6, 6:3
Fikrlar