26 okt 07:25
Yangiliklar
Tennis

Yakuniy turnir (WTA): Svitolinaning ikkinchi mag'lubiyati
Singapurda xotin-qiz tennischilar o'rtasida mavsumning yakuniy turniri bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi BNP Paribas WTA Finals Singapore musobaqasida yarim final ishtirokchilari aniqlanmoqda. Ushbu turnirda dunyoning eng kuchli sakkiz nafar tennis malikalari ishtirok etyapti.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Elina Svitolina ketma-ket
ikkinchi uchrashuvida ham mag'lubiyatga uchradi. Ukrainalik tennischi franciyalik Karolin
Garsiyaga 2 soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda 7:6(7), 3:6, 5:7 hisobida yutqazib
qo'ydi.
Havola :
Fikrlar