29 okt 18:25
Yangiliklar

Yakuniy turnir (WTA): Voznyacki - kuchlilar musobaqasi chempioni!
Sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi BNP Paribas WTA Finals Singapore musobaqasida dunyoning eng kuchli sakkiz nafar tennis malikalari bosh mukofot uchun bahs olib borishdi. Yakunda Karolin Voznyacki chempionga aylandi.
Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lgan daniyalik bu tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida Vinus Uilyams (AQSH, 5) bilan to'qnash keldi. Bir soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda Karolin 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi. Uilyams Voznyackidan 10 yoshga katta ekanligi etiborga molik holat.
Takidlash joiz, shu kungacha ikki tennischi o'zaro 7 marotaba uchrashishgan bo'lsa, ularning barchasida Vinusning qo'li baland kelgandi. Bugun Karolin ilk g'alabasini tantana qildi.
Fikrlar