28 okt 11:11
Yangiliklar

Yakuniy turnir (WTA): Yarim final juftliklari malum
Sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi BNP Paribas WTA Finals Singapore musobaqasida dunyoning eng kuchli sakkiz nafar tennis malikalari bosh mukofot uchun bahs olib borishyapti. Ulardan 4 nafari yarim finalga yo'l olgan bo'lsa, qolganlari o'z ishtiroklarini yakunlashdi.
Dunyoning birinchi raketkasi ruminiyalik Simona Xalep guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida ukrainalik Elina Svitolinani 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etgan bo'lsada, lekin yarim finalga chiqa olmadi.
Guruhning so'nggi uchrashuvlari:
Karolin Garsiya (Franciya, 8) – Karolin Voznyacki (Daniya, 6) 0:6, 6:3, 7:5
Simona Xalep (Ruminiya, 1) – Elina Svitolina (Ukraina, 4) 6:3, 6:4
Yarim final juftliklari: (28 oktyabr)
Karolin Voznyacki (Daniya, 6) – Vinus Uilyams (AQSH, 5)
Karolina Plishkova (CHexiya, 3) – Karolin Garsiya (Franciya, 8)
Fikrlar