24 okt 09:33
Yangiliklar
Yakuniy WTA turniri. Oq guruhda hammada imkoniyat bor
Dunyoning eng kuchli sakkiz nafar tennis malikalari ishtirok etayotgan BNP Paribas WTA Finals Singapore turnirining sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil etadi.
Oq guruhning ikkinchi tur uchrashuvlaridan so'ng kvartetning to'rt nafar tennischisining barida yarim finalga chiqish imkoniyati saqlanib qoldi. Xatto ikki g'alabaga erishgan Elina Svitolina ham guruhda qolib ketishi mumkin.
Ertaga o'tkaziladigan so'nggi turda Svitolina daniyalik Karolin Voznyackiga qarshi kortga chiqadi. Karolin ikki setda g'alaba qozongan taqdirdagina yarim finalga yo'l oladi. Uch setda g'alaba qozonsa, o'z o'rnida Plishkova Kvitovani aynan uch setda yutsa, u holda Plishkova va Svitolina yarim finalga chiqadi.
Fikrlar