22 okt 08:14
Yangiliklar
Tennis
Yakuniy WTA turniri. Svitolina g'alaba bilan boshladi
Singapurda tennis bo'yicha yilning Yakuniy WTA turniri start oldi.
Dunyoning eng kuchli sakkiz nafar tennis malikalari ishtirok etayotgan BNP Paribas WTA Finals Singapore turniri 2014 yildan beri aynan Singapur davlatida o'tkazib kelinmoqda. Turnirning sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil etadi.
Oq guruhda ishtirok etayotgan Elina Svitolina turnirni g'alaba bilan boshladi. Ukrainalik tennischi 1 soatu 28 daqiqa davom etgan bahsda chexiyalik Petra Kvitovani 6:3, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Elina dunyo reytingida 7, Petra esa 5-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar