29 iyu 09:41
Yangiliklar
Yangilangan WTA reytingida Petra Kvitova TOP-10'ga qaytdi
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingning TOP-10 ligida kichik o'zgarish yuz berdi. CHexiyalik tennischi Petra Kvitova kuchli o'nlikka qaytdi. Hamyurti Karolina Plishkova esa TOP-10 dan chiqib ketdi va 13-o'ringa joylashdi. Avstraliyalik Eshli Barti hamon jahonning birinchi raketkasi bo'lib turibdi. Yaponiyalik Naomi Osaka ikkinchi, ruminiyalik Simona Xalep uchinchi pog'onani egallab turibdi.
Yangilangan haftalik reytingda tennischi qizlarimiz yana pastladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova va Akgul Amanmurodova 5, Nigina Abduraimova esa 1 o'rin pastladi.
WTA reytingi 28 iyun kungi holati:
1. (1) Eshli Barti (Avstraliya)-7875 ochko
2. (2) Naomi Osaka (Yaponiya)-7346
3. (3) Simona Xalep (Ruminiya)-6330
4. (4) Arina Sobalenko (Belorus)-6195
5. (6) Elina Svitolina (Ukraina)-5835
6. (5) Sofiya Kenin (AQSH)-5640
7. (7) Byanka Andreesku (Kanada)-5321
8. (8) Serena Uilyams (AQSH)-4931
9. (9) Iga Svyontek (Polsha)-4465
10. (13) Petra Kvitova (CHexiya)-4215.
O'zbekiston tennischilarining jahon reytingidagi o'rni:
410. (405) Sabina SHaripova-117
441. (436) Akgul Amonmurodova-108
645. (644) Nigina Abduraimova-52
1313. (1312) Milana Maslenkova-5
1378. (1372) Larisa Bekmatova-4
1408. (1401) Sevil Yuldasheva-3.
Fikrlar