15 iyu 11:49
Yangiliklar
Yangilangan WTA reytingida “Rolan Garros” g'olibasi TOP-20 ga kirdi
Franciya Ochiq chempionati yakunlanganidan so'ng ham reytingning kuchli o'nligida hech qanday o'zgarish yuz bermadi. Avstraliyalik Eshli Barti hamon reytingni boshqarib bormoqda. Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka ikkinchi, ruminiyalik Simona Xalep 3-pog'onaga joylashgan.
“Rolan Garros” g'olibasi Barbara Kreychikova reytingda 18 pog'ona yuqorilab, 15-o'rinni egalladi. Turnir finalchisi rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova esa 13 o'ringa yuqoriladi va 19-o'ringa joylashdi.
Yangilangan haftalik reytingda tennischi qizlarimizdan Sabina SHaripova 26, Akgul Amanmuradova esa 3 o'ringa pastlagan bo'lsa, Nigina Abduraimova 2 pog'onaga yuqoriladi.
WTA. 14 iyun kungi holati:
1. (1) Eshli Barti (Avstraliya)-8245 ochko
2. (2) Naomi Osaka (Yaponiya)-7401
3. (3) Simona Xalep (Ruminiya)-6330
4. (4) Arina Sobalenko (Belorus)-6195
5. (5) Sofiya Kenin (AQSH)-5865
6. (6) Elina Svitolina (Ukraina)-5835
7. (7) Byanka Andreesku (Kanada)-5265
8. (8) Serena Uilyams (AQSH)-4931
9. (9) Iga Svyontek (Polsha)-4435
10. (10) Karolina Plishkova (CHexiya)-4285
O'zbekiston tennischilarining jahon reytingidagi o'rni:
402. (376) Sabina SHaripova-117
433. (430) Akgul Amonmurodova-108
643. (645) Nigina Abduraimova-52
1311. (1337) Milana Maslenkova-5
1398.(1384) Sevil Yuldasheva-3.
Fikrlar