30 jan 14:40
Yangiliklar
Tennis

Yanvar oyining eng yaxshi tennischisi bo'lishga davogar qizlar ro'yxati malum qilindi
Dunyoning uchinchi raketkasi ukrainalik Elina Svitolina yanvar oyining eng yaxshi tennischisi bo'lishga davogar to'rt nafar tennischi safiga kiritildi.
Svitolinadan tashqari bu nomga germaniyalik Anjelik Kerber, ruminiyalik Simona Xalep hamda daniyalik Karolin Voznyacki davogarlik qilyapti. Ular orasida Avstraliya Ochiq chempionati g'olibasiga aylangan Voznyackining imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda.
Ayni paytda WTA rasmiy saytida yanvar oyining eng
yaxshi tennischisini aniqlash maqsadida sayt o'quvchilari o'rtasida so'rov
o'tkazilmoqda. Svitolina yanvar oyida Brisben, Kerber Sidney, Xalep esa SHenchjendagi
turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar