17 sen 14:48
Yangiliklar
Yaponiya mag'lub etildi: O'zbekiston "Devis Kubogi"ning 2023 yilgi saralash bahslariga yo'l oldi
Biroz avval ushbu qarama-qarshilik taqdiri hal bo'ldi. Tomonlar o'rtasidagi to'rtinchi to'qnashuvda Sergey Fomin SHo SHimabukuroga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 01 daqiqa davom etgan o'yinda Fomin 7:6, 7:5 hisoblarida g'alaba qozondi.
Fominning ushbu g'alabasidan so'ng O'zbekiston - Yaponiya to'qnashuvida hisob 3:1 ko'rinishiga keldi. Beshinchi o'yinda qanday natija qayd etilishidan qati nazar terma jamoamiz g'alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, bungacha Denis Istomin yakkalik bahslarida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Fomin dastlabki o'yinda g'alaba qozongandi. Juftlik bahslarida ham Istomin/Fayziev tandemi g'alabaga erishdi. Fominning bu g'alabasi terma jamoamizga uchinchi ochkoni olib keldi.
Endi vakillarimiz 2023 yilgi saralash bahslarida kortga chiqish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Fikrlar