So’nggi yangiliklar

19:05Осиё ўйинларининг тўртинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 18:30Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё ўйинлари чорак финалида Саудия Арабистони билан тўқнаш келади 0 18:20Осиё ўйинларининг учинчи кунида учта медаль қўлга киритилди 0 17:25ММАчиларимиз Осиё ўйинларини 3 та медаль билан якунлашди 0 16:43UFC: Богдан Гусковнинг рейтингида яна ўзгариш бўлди 0 15:27Хамза Шираз WBO чемпионлик камаридан воз кечди 0 14:53Британия суди Салоҳни ҳайдовчилик гувоҳномасидан маҳрум қилди 0 13:40Расман. Сирил Ган чемпион сифатидаги илк жангини қачон ва кимга қарши ўтказиши маълум бўлди (ПОСТЕР) 0 11:53Яхши хабар: WBA ташкилоти Бектемир Мелиқўзиевнинг Хайме Мунгияга қарши чемпионлик жангига буйруқ берди! 0 10:53Сеул WTA 250: Илк даврадаёқ ўзбек дербиси гувоҳи бўлдик 0 07:39Факт! Ханчжоу-2022 Осиё ўйинларида Ўзбекистон делегациясига энг кўп медални дзюдочиларимиз тақдим этган! 0 07:07XX Осиё ўйинлари. Хитойнинг медаллари 38 тага етди, шундан 23 таси олтин. Ўзбекистон Топ-10`да! 0 06:38Ёшлар кўпайди, Ҳусанов Тошкентда, кайфият аъло. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинининг дастлабки кунидан суратлар 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

19 noy 22:54
Yangiliklar

Futbol

Yarim asrlik to'yingiz muborak, Dilshod Jo'raalievich!

Bugun o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan taniqli bolalar futboli mutaxassisi, tajribali murabbiy Dilshod Nuraliev roppa-rosa 50 yoshga to'ldi.

Bu inson haqida uzoq gapirish mumkin. Akmal SHorahmedov, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Farhod Tojiev, Marat Bikmaev kabi futbolchilarni o'z vaqtida kashf etib, tarbiyalab o'zbek futboliga etkazib berganining o'ziyoq Dilshod Nuralievning qanday toifadagi murabbiy ekanligidan dalolat berib turibdi.

SHuningdek, Dilshod Jo'raalievich O'zbekiston U-16 terma jamoasi bilan birga Osiyo chempioni bo'lgan. Bunga qadar hech bir terma jamoamizga Osiyo chempioni bo'lish baxti nasib etmagandi. Eronning Taxti shahri mezbonlik qilgan qita chempionati Nuraliev jamoasining triumfi bilan yakunlangan edi.  

Yuqorida aytganimizdek, Dilshod Nuraliev haqida ko'p va xo'p gapirish, u kishiga tesha tegmagan tariflarni berish mumkin. Fursatdan foydalanib,  barcha o'zbekistonlik futbol muxlislari, saytimiz o'quvchilari hamda ijodkorlari, shogirdlari nomidan Dilshod Nuralievga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, omad tilab qolamiz. Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, Dilshod Jo'raalievich!

Nodirxo'ja Yuldashev, “Odil Junior” jamoasi boshqaruvchisi 

“Dilshod Nuraliev deganda birinchi galda ko'z oldimizga bolalar murabbiyi keladi. Menimcha, u kishiga aynan shu mavzuda ortiqcha tarif shart emas. SHu sababdan ham Odil Ahmedov bilan birga “Odil Junior” jamoasini ochganimizda, birinchilardan bo'lib Dilshod aka murabbiy sifatida ishga taklif qildik. Ularga 2009 yilgi tarkibni ishonib topshirdik. Nega aynan 2009 yilgi jamoa? Sababi, bu yoshdagi futbolchilar yaqin kelajakda olimpiya   terma jamoasini tashkil etib berishadi. Eng ishongan guruhimiz hamda olimpiya yoshidagi jamoamiz bo'lgani uchun ham Nuralievga ishonch bildirildi. Fidoiylikni qarangki, o'z tug'ilgan kunida ham bolalar bilan birga. Bugun Dilshod aka bilan birga Namangandamiz. Bu erga shuningdek, italiyalik hamkor-murabbiymiz ham kelgan. Turnir bahona bolalarni ko'rikdan o'tkazyapmiz. Nuraliev italiyalik tajribali mutaxassisdan o'rganganlarini mashg'ulotlarda yosh futbolchilarimizga singdirishni boshlab yubordi. SHu fursatdan foydalanib, “Odil Junior” jamoasining mamlakatimizdagi barcha murabbiylari nomidan Dilshod Nuralievni qutlug' yosh bilan muborakbod etaman. Umringiz ziyoda bo'lsin, MAESTRO!”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing