27 mar 10:35
Yangiliklar
Futbol

Yaxshi xabar. “Ayaks” sobiq o'yinchisi 2 yilu 8 oydan so'ng komadan chiqdi
Nihoyat, Abdulhaq Nuri hayotga qaytdi.
“Ayaks”ning 22 yoshli sobiq futbolchisi Abdulhaq Nuri 2 yilu 8 oydan so'ng koma holatidan chiqdi, deb xabar beradi TalkSPORT. Nuri endilikda aravachaga o'tira olishi va taomlarni mustaqil ravishda tanovul qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Nuri 2017 yil 8 iyunida mavsumoldi yig'inlari doirasida “Verder”ga qarshi bahsda hushidan ketgandi. SHundan so'ng futbolchida miyaning og'ir shikastlanishi bo'lgani aniqlandi. U bu davrda maxsus apparat orqali nafas oldirib kelindi.
Havola :
Fikrlar