So’nggi yangiliklar

19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0

20 jan 14:39
Yangiliklar

Tennis

Yilning dastlabki "Katta Dubulg'a"si boshlandi. Denis Istomin nima uchun "Australian Open"da qatnashmayapti?

Sizlar bilan bir muddat tanaffusdan so'ng yana g'oyibona diydorlashib turganimdan bag'oyatda xursandman.

Yangi mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" musobaqasi - Avstraliya Ochiq chempionatiga xam start berildi. Musobaqa boshlandiyu, lekin nimadir etishmayotgandek...

Avstraliyada bo'lib o'tgan yong'inlar natijasida hosil bo'lgan tutun xuddi nafasimni siqib qo'yganday, lekin men O'zbekistondaman-ku...

Har safar "Katta Dubulg'a" musobaqalari boshlanishi bilan nigohimiz hamyurtimiz Denis Istominga qaratiladi. Ha, bu safar tennisimiz afsonasi 12 yillik ananani buzishga majbur bo'ldi. O'tgan yili Istominning o'yinida pasayish kuzatilganligi bois, musobaqalarda barqaror ishtirok eta olmadi. SHu bois, reytingdagi o'rnini ham sezilarli darajada yo'qotdi. Buning natijasida biz etiborimizni mavsumning ilk haftalarida kuzatishga o'rganib qolganimiz ATP musobaqalari emas, balki Tailandda bo'lib o'tayotgan "CHellenjer" turnirlariga qaratishga majbur bo'ldik. 

Hozirda Denis ATP reytingida 170-o'rinda bormoqda. To'g'risi, qachon Denisni so'nggi bor bundan o'rinda ko'rganimni eslay olmayman ham. To'g'ri, u reytingdagi o'rniga ko'ra "Australian Open" saralash bahslariga ilinardi, lekin Denis buning o'rniga "CHellenjer" musobaqalarda reyting ochkolarini jamg'arib olish variantini tanladi. Bu ham o'zini oqladi deb ayta olmaymiz. Birinchi haftada kutilmaganda uchinchi bosqichdayoq o'zidan reytingda ancha pastda bo'lgan tennischiga yutqazib qo'ydi. Ikkinchi xafta voqealari rivojini esa kuzatamiz.

Istomin faoliyati davomida hozirgi kunga qadar ATP musobaqalari yakkaligida ikkita, juftlik bahslarida esa uchta sovringa ega chiqqan. Osiyo o'yinlari kumush va oltin medallari sohibi, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi hisoblanadi. SHu yili Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini ham birinchilardan bo'lib naqd qilib qo'ygan.


CHamasi besh-olti yil ilgari Istomin (28 yosh edi, aniq esimda) intervyularidan birida jurnalistning: "Faoliyatingizni necha yoshgacha davom ettirmoqchisiz?" degan savoliga yana to'rt-besh yil o'ynasam kerak deb javob bergan edi (kulib). Bu yil u 34 yoshni qarshilaydi va balki bu mavsum faoliyatidagi so'ngisi bo'lishi xam mumkin...

Yosh tennischilarmiz diqqatiga: yulduzlik kasalini chetga surib qo'ying. Faqat mehnat, xarakat, intilish natijasida kamida Denis Istomin darajasiga chiqsa bo'ladi. Aks holda poezddan yarim yo'lda tushib qolishingiz mumkin, avstraliyalik Bernard Tomich singari...

Husniddin Mirzaliev tayyorladi

Tennis olamida ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklarni telegramdagi TENNIS YANGILIKLARI kanalida kuzatib boring.

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
20 jan 14:54:08
Акмалжон Арсенал
Буни кўпроқ ёш теннисчиларимиз ўқиса яхши бўларди ўзларига хулоса чиқариб олишади мақола учун Рахмат
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing