13 sen 15:13
Yangiliklar
"Yosh, go'zal, latofatli". Kortlarning yangi malikasi bilan tanishing!
18 yoshli Emma 44 yildan keyin "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi musobaqani yutgan dastlabki britaniyalik ayol (balki, qiz) tennischiga aylandi.
Onasi xitoylik, otasi rumin bo'lgan Radukanu 2002 yilning noyabrida Kanadada tug'ilgan. Oila 2004 yilda Buyuk Britaniyaga ko'chib o'tadi.
Emmaning 2 kumiri bor: Simona Xalep (uning atletik sifatlarini o'zlashtirishga harakat qiladi) va Li Na (kuchli zarbalarini takrorlashni istaydi).
AQSH Ochiq chempionatidagi g'alabasi uchun 2,5 mln dollar olgan Emma allaqachon miqdori 100 mln AQSH dollari bo'lgan homiylik shartnomasiga imzo chekish arafasida turgani aytilmoqda.
U allaqachon Buyuk Britaniya qirolichasidan tabriklarni qabul qilib oldi.
Xullas, uning ismi Emma. MMA emas, Emma!
Bugungi kunga kelib u Instagramda 1 million 600 mingdan ortiq obunachi to'play oldi. Bu raqam yanada oshishi shubhasiz
Bu nomni eslab qoling. U tennisning yangi malikasi
Fikrlar