So’nggi yangiliklar

19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0 12:40Волкановски Мовсар Евлоев устидан муддатидан олдин ғалаба қозонишни ваъда қилмоқда 0 12:09Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0

09 noy 09:39
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Yosh suzuvchilar mamlakat kubogida bahslashdi

Teglar :  Suzish
O'zbekiston Kasaba uyushmalari federaciyasining suv sporti saroyida suzishning turli yo'nalishlari bo'yicha U11 va U13 yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida O'zbekiston kubogi o'tkazildi.

Musobaqada Toshkent shahri va mamlakatimiz viloyatlaridan kelgan 361 nafar sportchi ishtirokida o'tgan mazkur musobaqaning U13 yosh toifasidagi 200 metr masofaga batterflyay usulda suzish bahslarida Madina Imomnazarova 2 daqiqa 59.02 soniyada marraga etib keldi. Ushbu masofaga erkin usulda suzish bellashuvlarida Kseniya Pashinina g'alaba qozongan bo'lsa, o'g'il bolalar orasida esa Mirziyo Mahmudov oltin medalga sazovor bo'ldi.  

CHalqancha usulda 200 metrga suzishda Imona Ismoilova hamda Mixail Fokin shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. 400 metrga erkin usulda suzishda Imona Ismoilova ikkinchi oltin medalini qo'lga kiritdi. Yigitlar orasida esa bu yo'nalishda Samvel Agaxanyan birinchi bo'lib marraga etib keldi.  

Mamlakat kubogining U11 yosh toifasidagi 200 metrga erkin usulda suzishda Bernora Davlatova, SHohjahon Yaxshimurodova tengsiz bo'ldi. Ushbu masofada chalqancha suzishda Mushtariy Abdug'afforova hamda Roman Petrovin g'alaba qozondi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing