30 jan 11:14
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yunon-rum kurashchilarimiz katta tarkibda "Zagreb Open"da ishtirok etadi
5-9 fevral kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo'yicha "Zagreb Open" xalqaro turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi katta tarkibda ishtirok etadi. Ro'yxatdan Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchilari Islomjon Bahromov va Aram Vardanyan ham joy olgan.
Sportchilarimiz Rustam Assakalov boshchiligidagi ilk turnirda quyidagi tarkibda qatnashadi:
Jasurbek Ortiqboev (55 kg)
Alisher G'aniev (60 kg)
Mehroj Bahromov (60 kg)
Islomjon Bahromov (63 kg)
Aytjan Xalmaxanov (63 kg)
Nozimjon Boyqo'ziev (67 kg)
Abdullo Aliev (72 kg)
Aram Vardanyan (77 kg)
Doniyorxon Nakibov (77 kg)
Samandar Bobonazarov (82 kg)
Jalgasbay Berdimuratov (87 kg)
Rahimjon Uzoqov (87 kg)
Temurbek Nasimov (130 kg).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar