09 fev 12:01
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" mavsumdagi antirekordini o'rnatdi
"Yuventus" A Seriyaning 23-turida "Verona"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Turinliklar ushbu raqibini birinchi davrada o'z maydonida xuddi shunday hisobda dog'da qoldirishgandi.
Qayd etish kerak, ushbu ikki o'yinda Mauricio Sarri shogirdlari 3 bora raqiblari darvozasi tomon aniq zarba yo'llashgan. Bu jamoaning mavsumdagi antirekordi hisoblanadi. Ayni damda turnir jadvalida "Yuve" taqibchisi "Inter"dan 3 ochko oldinda. Bugun "Inter" Milan derbisida maydonga tushadi.
Havola :
Fikrlar