14 iyu 16:55
Yangiliklar
Zamonaviy beshkurash
Zamonaviy beshkurash. Samira Abzalova o'smirlar o'rtasidagi JCHning final bosqichida medallar uchun kurashadi
Misrning Iskandariya shahrida o'tkazilayotgan zamonaviy beshkurash bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatidan xushxabar.
Qizlar toifasidagi bahslarda ishtirok etgan yurtdoshimiz Samira Abzalova saralashdan muvaffaqiyatli o'tib, final bosqichiga yo'l oldi.
“A” guruhidagi kvalifikaciyada ishtirok etgan Abzalova qilichbozlik va to'siqlardan sakrash yo'nalishlarida 250 ochkodan, suzish dasturida 243 hamda lazer-ran yo'nalishida 484, jami 1227 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Bu “V” guruhi vakillari bilan hisoblaganda, umumiy saralash bosqichidagi to'rtinchi natija.
Endi Samira Abzalova 15-iyul kuni final bosqichida medallar uchun kurash olib boradi. Afsuski, ushbu guruhda Kira Soyning jamg'argan 810 ochkosi saralashdan o'tish uchun etarli bo'lmadi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar