22 noy 09:09
Yangiliklar
Tennis
Zverev ATP Finals g'olibi, $1,628 mln mukofot puli va 1300 reyting ochkosi sohibi
Italiyaning Turin shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri germaniyalik raketka ustasining g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning uchinchi raketkasi bo'lib turgan Aleksandr Zverev ATP Finals hal qiluvchi final uchrashuvida reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida turgan rossiyalik Daniil Medvedevni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lub etishni uddaladi - 6/4, 6/4.
Bir soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda Aleksandr 7 ta, Daniil esa 3 ta eys zarbasini ijro etdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 6:6.
Zverev mavsumdagi oltinchi, faoliyatidagi 19-sovrinini qo'lga kiritdi. Turindagi muvaffaqiyatli ishtirok olmon tennischisiga $1,628 million mukofot puli hamda 1300 reyting ochkosi taqdim etdi. Medvedev esa $1,222 million va 1000 ochko ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar