14 may 09:21
Yangiliklar
Tennis

Zverev bir yilda to'rtta “Masters” finalida ishtirok etgan yagona tennischi
Xabar berganimizdek, germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev Madrid shahri mezbonlik qilgan nufuzli Mutua Madrid Open turniri chempioniga aylangandi.
Sovrin jamg'armasi 7 435 455 dollarni tashkil qilgan musobaqaning final uchrashuvida dunyoning uchinchi raketkasi avstriyalik Dominik Tim 6:4, 6:4 hisobida ustun kelgandi.
Etiborlisi, Zverev o'tgan bir yil hisobidan o'tkazilgan to'rtta “Masters” turnirining finallarida o'ynagan yagona tennischiga aylandi. U 2017 yilda Rim va Monrealdagi “Masters”larda chempion bo'ldi, bu yil esa Madriddan oldin Mayamida vice-chempionlikka erishdi.
Havola :
Fikrlar