28 iyu 17:30
Yangiliklar
Tennis
Zverev Gamburg turnirida 3 soatlik uchrashuv o'tkazdi
Dunyoning beshinchi raketkasi Aleksandr Zverev Germaniyaning Gamburg shahrida yakuniga etib borayotgan turnirning yarim finalida kortga chiqdi.
Germaniyalik tennischi o'z muxlislari ko'z o'ngida kechgan 3 soatu 7 daqiqalik bahs yakunida gruziyalik Nikoloz Basilashviliga 4/6, 6/4, 6/7(5) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 14 ta eys zarbasi ham Zverevga yordam bermagan.
Bugun ATP reytingida 16-o'rinni egallab turgan gruziyalik tennischi Hamburg European Open musobaqasining bosh sovrini uchun ispaniyalik Pablo Karreno-Bustadan ustun kelgan rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar