19 may 18:12
Yangiliklar
Tennis
Zverev ketma-ket 12-g'alabasiga erishdi
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev Rimdagi turnirning yarim finaliga chiqish barobarida ketma-ket 12-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Zverev Rimdagi "Masters" turnirining chorak finalida belgiyalik David Goffinni mag'lubiyatga uchratdi. Endi u bugun yarim final uchrashuvida xorvatiyalik Marin CHilichga qarshi kortga chiqadi.
Agar Zverev CHilichni ham mag'lubiyatga uchrata olsa, joriy mavsumdagi g'alabalari sonini roppa-rosa 30taga etkazib oladi va bu marrani zabt etgan ilk tennischiga aylanadi.
Havola :
Fikrlar