21 mar 16:36
Yangiliklar
Tennis
Zverev Meksikadagi turnirda tengsiz bo'ldi
Meksikaning Akapulko shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ettinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev reytingda o'zidan ikki pog'ona yuqorida borayotgan greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda Zverev raqibini 6/4, 7/6(3) hisoblarida mag'lub etdi.
Bu 23 yoshli Aleksandrning faoliyatidagi 14-sovrin bo'ldi. O'zaro uchrashuvlarda esa hamon Cicipas oldinda bormoqda - 5:2. Abierto Mexicano Telcel turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Zverevga 88,940 dollar mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar