15 may 16:33
Yangiliklar
Tennis
Zverev Nadalni "Rolan Garros" Top-3`ligiga kiritmadi
2020 yilgi Olimpiya o'yinlari g'olibi, jahonning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev "Rolan Garros" turniri favoritlarini aytib o'tdi.
"Rolan Garros"ning 13 karra chempioni, Rafael Nadal Rimdagi "Masters" turnirining uchinchi bochqichida mag'lubiyatga uchragan edi. Rafaga oyog'idagi og'riqlar muammo tug'dirmoqda. O'shanda u o'yinni oqsoqlangan holda o'tkazishga majbur bo'lgan edi.
"Rafa uchun juda afsusdaman, umid qilamanki, u "Rolan Garros"ga sog'lom tarzda etib keladi: Parijdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun unda 10 kun bor. Favoritlarga kelsak, ulardan biri bu aniq — Alkaraz. Jokovich va Cicipas ham shular qatoriga kiradi.
Agar yaxshi formaga kirsam, men ham muvaffaqiyatga erisha olaman. Bu maydonda qo'p narsaga qodir o'yinchilar oz emas", - dedi Zverev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar