26 okt 11:40
Yangiliklar
Tennis
Zverev o'z vatanidagi turnir bosh sovrinini begona qilmadi
Dunyoning ettinchi raketkasi Aleksandr Zverev Germaniyaning Kyoln shahrida yakunlangan bett1HULKS Championships turniri g'olibiga aylandi.
Zverev 1 soatu 11 daqiqa davom etgan final uchrashuvida reytingda o'zidan ikki pog'ona pastda borayotgan argentinalik Diego SHvarcmanga qarshi kortga chiqib, ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi - 6/2, 6/1.
Aleksandr bahs davomida 9 ta eys zarbani amalga oshirdi. Diegoda esa bu ko'rsatkich nol ko'rinishida bo'ldi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 2:2.
Kyolndagi muvaffaqiyatli ishtirok Zverevga 13,320 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi 13-sovrini bo'ldi. SHvarcman esa 11,130 evro hamda 150 reyting ochkosi ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar