So’nggi yangiliklar

13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0

13 okt 12:42
Yangiliklar

Tennis

Zverev mavsumni rasman dunyoning birinchi raketkasi maqomida yakunlaydi

Teglar :  Aleksandr Zverev
Nemis tennischisi Aleksandr Zverev 2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra dunyoning birinchi raketkasi bo'ladi - bu haqda ATP matbuot xizmati malum qildi.

Bunday vaziyat ikkita asosiy voqea tufayli yuzaga keldi. 

Birinchidan, jahon reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Karlos Alkaras SHanxaydagi "Masters" turnirining uchinchi davrasida Zizu Bergfga 5/7, 6/7(4) hisobida yutqazdi — bu bilan ispaniyalik tennischida yil oxirigacha Zverevni ortda qoldirish uchun imkoniyat qolmadi.

Ikkinchidan, reytingning amaldagi etakchisi, italiyalik Yannik Sinner tizzasidagi jarohat sababli mavsumni muddatidan oldin yakunladi.

Zverev — "Katta Dubulg'a" turnirlarining ikki karra chempioni hisoblanadi. U ikkala titulni ham ("Rolan Garros" va US Open) 2026 yilda qo'lga kiritgan. 29 yoshli Zverev o'z sport faoliyati davomida sakkiz marta ATP Yakuniy reytingining kuchli o'ntaligiga kirgan, jumladan, besh marta kuchli beshlikdan joy olgan. Endi u faoliyatida ilk bor yilni reytingning eng yuqori pog'onasida yakunlaydi.

Ushbu natija nemis tennisi uchun ham tarixiy bo'ladi: Zverev mavsum yakuniga ko'ra jahon reytingini boshqaradigan Germaniyaning ilk vakiliga aylanadi. Avvalroq boshqa bir nemis tennischisi — "Katta Dubulg'a" turnirlarining olti karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raketkasi Boris Bekker 1991 yilda reyting peshqadami bo'lgan, biroq o'sha mavsum yakuniga ko'ra birinchi o'rinni saqlab qola olmagandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing