So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

10 apr 17:18
Yangiliklar

Kurash

“Alpomish”da alplar kurashi boshlandi FOTOGALEREYA

Teglar :  At-TermiziyKurash
Xabaringiz bor, bugundan Termizda kurash bo'yicha Al-Hakim at Termiziyga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun ananaviy turnirga start berildi.

Turnir reglamentiga muvofiq,  barcha mehmonlar erta tongdan kunni dastlab buyuk alloma Al Hakim at Termiziy qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Ziyorat davomida mehmonlarga dasturxon yozilib, ehson oshi tortildi. Ziyorat bog'i hududida kurash bo'yicha mahorat darslari ham uyushtirildi.

Etiborlisi, ushbu mahorat darslarini xorijlik polvonlar boshlab berishdi. Faxriy polvonlar ishtirokidagi ko'rgazmali chiqishlar ham  kurashning jozibasini yaqqol namoyish etishdi.

Takidlash joiz, Al Hakim at-Termiziy islom olamining buyuk Termiziy taxallusi bilan dong taratgan. Hakim nomi bilan mashhur bo'lgan ushbu allomaning to'liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Ibn Hasan, ibn Bashir Hakim Termiziy bo'lgan.

Kunning ikkinchi yarmida Termizdagi imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Surxondaryo viloyat hokimi To'ra Bobolov, Bosh vazir o'rinbosari, O'zbekiston turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti Haydar Farmon ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar kurashning xalqaro miqyosdagi rivoji va boshqa ko'plab savollariga javob olishdi. Anjuman davomida kurashga oid turli takliflar ham o'rtaga tashlandi.

SHundan so'ng barcha ishtirokchilar “Alpomish” stadioni tomon yo'l olishdi. Soat 16:00 dan boshlab xalqaro turnirga start berildi. Erkaklar 81, 90 kg. vaznlarda kuch sinashishayotgan bo'lishsa,  ayollar 48, 57. 63, 70 kg. vazn toifalariga ko'ra bellashishmoqda.  

Alimurod Mamadaminov, Ilhom Rahmonov Termiz shahridan  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing