25 iyu 13:16
Yangiliklar
Sport kurashlari

Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi
Vetnamda sport kurashlari bo'yicha U-17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
Ortda qolgan yunon-rum va qizlar kurashi bo'yicha bir qator vazn toifalarida g'oliblar aniqlandi. Unda hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin medal:
-71 kg: Behruzbek Valiev
-80 kg: Abdulaziz Xolmirzaev
-40 kg: SHohista SHonazarova.
Kumush medal:
-46 kg: Mashhura Abdumusaeva.
Bronza medal:
-65 kg: Husan G'iyosiddinov.
Ahamiyatlisi, musobaqada 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg'argan “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar