24 iyu 12:44
Yangiliklar
Sport kurashlari

Klassik kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 7 ta medal bilan boshlashdi + FOTO
Vetnamning Vungtau shahrida o'tayotgan sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U 17) o'rtasidagi Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bellashuvlari boshlandi.
Ushbu yosh toifasidagi bahslar ham yunon-rum kurashi ustalarining chiqishi bilan boshlandi. Dastlabki kunda O'zbekiston terma jamoasi azolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo'ldilar.
Oltin kumush:
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov
Kumush medallar:
-45 kg: Farid Karomov
-55 kg: Sadriddin To'lqinboev
Bronza medallar:
-48 kg: Bunyod Hasanov
-51 kg: Otabek Tursunov
-60 kg: Humoyun Erkinov
-110 kg: Abduboriy Kozimjonov
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar