So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

11 apr 06:38
Yangiliklar

Kurash

“Barkamol avlod – 2022”. CHirchiqda belbog'li kurash bo'yicha kuchlilar aniqlandi

9-10 aprel kunlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Barkamol avlod-2022" sport o'yinlari dasturidan o'rin olgan belbog'li kurash bo'yicha Respublika final bosqichi bo'lib o'tdi.

Toshkent  viloyati mezbonlik qilgan va yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu final musobaqada respublikamizning 14 ta hududidan akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari mamlakat chempionligi uchun kurash olib borishdi.

Mazkur musobaqada o'g'il bolalardan iborat 100 nafardan ortiq polvonlar to'qqizta vazn toifasida g'oliblik uchun bellashishdi.    

Ikki kun davom etgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, quydagi sportchilar kuchli uchlikdan joy olib, “Barkamol avlod-2022” musobaqasining g'olib va sovrindorlariga aylanishdi.

50 kg. 1. Jasrubek Nishonboev (Andijon), 2. Sardor Ahmadov (Sirdaryo). 3. Bobomurod Qambarov (Namangan), 3. Husanboy Quranboyev (Xorazm).

55 kg. 1. Baxram Sarsenbaev (Qoraqalpog'iston), 2. Mirzaxmad Isroiljonov (Namangan), 3. Muhammadyahyo Muhammadnosirov (Namangan), 3. Muhriddin Sobirov (Toshkent sh.)

60 kg. 1. Navro'zbek Muhamadaliev (Namangan), 2. Hasanboy Safarboev (Toshkent sh.), 3. SHodiyorbek Rajabaliev (Sirdaryo), 3.Diyorbek Isroilov (Buxoro).

65 kg. 1. Asliddin Tursunboev (Andijon), 2. Nodirbek Turg'unpo'latov (Namangan), 3. Abdulaziz Soyipov (Farg'ona), 3. Jandost Rahimov (Toshkent sh.).

71 kg. 1. Abdurasul Abduqaxxarov (Andijon) , 2. Dilmurod Yo'ldoshxonov (Toshkent v.), 3. Temurbek Egamberdiev (Sirdaryo), 3. Bekzod Tursunov (Surxondaryo).

77 kg. 1. Mardonali Sulaymonov (Farg'ona), 2.Odilbek Boynazarov (Andijon), 3. Javohir Abdullajonov (Namangan), 3. Azamat Bo'taev (Toshkent v.).

83 kg. 1. Murodjon Sobirjonov (Namangan), 2. Husan Umarboev (Toshkent v.). 3. Abdulaziz Jo'raev (Surxondaryo), 3. Sarvar Ravshanov (Sirdaryo).

90 kg. 1. Azimjon Yo'ldoshev (Namangan), 2. Oblayor Rashidov (Samarqand), 3. Azizbek Toshpo'latov (Namangan). 3. SHaxzodbek Muhammadov (Buxoro).

+90 kg. 1. Baxtiyor Sanginov (Sirdaryo), 2. Muhiddin Sultanboev (Xorazm), 3. Azizbek Toshpo'latov (Namangan), 3. SHaxzodbek Muhammadov (Buxoro).

Medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Namangan viloyati jamoasi, ikkinchi o'rinni Xorazm viloyati jamoasi, uchinchi o'rinni Buxoro va Sirdaryo viloyati jamoalari egallashdi.

Musobaqa yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Taqdirlash marosimida O'zbekiston talabalar associaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Erkinboy Qodirov, Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikaciyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Jamshid Babajonov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi raisi Mo'minxo'ja Muratov, Toshkent viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulovlar ishtirok etishdi.  


Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Suratlar muallifi Javlonbek TO'RABJONOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing