04 avg 10:54
Yangiliklar
Sport kurashlari

Jahon chempionatining so'nggi kunida erkin kurashchilarimiz ikkita medalga ega chiqdi
Kecha Greciyaning Afina shahrida sport kurashlari bo'yicha U-17 yosh toifasidagi dunyo birinchiligining so'nggi kunidan o'rin olgan bellashuvlar o'tkazildi.
Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari bittadan kumush va bronza medalini qo'lga kiritishdi.
45 kg vaznli sportchi Mirjalol Mukammalov bronza medali uchun kechgan bahsda qirg'izistonlik Arnur Nursaidovni mag'lub etgan bo'lsa, 51 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz Ulug'bek Rashidov hal qiluvchi bellashuvda amerikalik Samuel Reyes Sanchesga imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medalni o'ziniki qildi.
SHu tariqa, erkin kurashchilarimiz U-17 Jahon chempionatini 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar