So’nggi yangiliklar

18:17"Кроуфорд фаолиятини тугатса, хурсанд бўлардим" - Рой Жонс 0 17:51Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди 0 17:26Сауль Альварес Теренс Кроуфордга ютқазганидан сўнг пост қолдирди 0 17:01Конор Макгрегор Ирландия президенти бўлиш учун курашдан чиққанини маълум қилди 0 16:38АҚШдаги ўзбек спортчиси — Муродбек Чориев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 16:16Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди 0 15:41"Умид қиламанки, жанг бўлади". Топурия Кроуфорд билан жанг истагида 0 15:19Турки аш Шайх Кроуфорднинг кейинги рақиби ким бўлишига шаъма қилди 0 14:54Сауль Альварес 2018 йилдан бери илк бор чемпионлик камарисиз қолди 0 14:30Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади 0 14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0 12:45Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўраётган пара сузувчиларимиз машғулотларнинг сўнгги босқичини ўтказмоқда 0

10 iyu 17:15
Yangiliklar

Futbol

Branko Ivankovich: "CAFA Nations Cup"ga shunchaki o'ynab ketish uchun kelmadik"

O'mon terma jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich va futbolchi Halil Al Sadiy CAFA Nations Cup musobaqasi oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Musobaqa haqida

- Birinchi navbatda, O'zbekiston futbol associaciyasiga taklif uchun rahmat. Biz turnirda ishtirok etayotgan jamoalardan biri ekanligimizdan xursandmiz. Bu uchrashuvlar biz uchun juda muhim. SHuningdek, bu bahslar oldimizda turgan Osiyo Kubogi va JCH saralash o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Ayrim futbolchilarimiz turli sabablarga ko'ra musobaqaga etib kela olmagan. O'zbekistonga ilk bor kelishim emas, bundan avval "Persepolis" jamoasi bilan ikki marta bu erga kelganman.

Murabbiydan keyin Halil Al Sadiy fikrlarini bildirib o'tdi. 

- O'yinchi sifatida bu musobaqada qatnashish biz uchun muhim deb hisoblayman. Bu murabbiyimiz aytganidek, Osiyo Kubogi va JCH saralash o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Biz turnirda munosib qatnashish uchun borimizni beramiz. 

- Siz kelgan davr bilan solishtirganda o'zbek futboli darajasi qanchalik o'zgargan?

- O'ylashimcha, katta farq yo'q. Takidlab o'tish kerakki, O'zbekiston terma jamoasi juda kuchli va tajribali mutaxassisga ega. Bu jamoaga qarshi o'ynash biz uchun qiziq bo'ladi. Qolaversa, yangi stadion ham yaxshi ekan.

- Eron terma jamoasi musobaqaga asosiy tarkib bilan kelishi malum qilindi. Bu holat boshqa jamoalarning g'olib bo'lish imkoniyatiga qay darajada tasir qiladi?

- Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda qatnashish jamoamiz uchun foydali, chunki jamoamiz turli xil darajadagi, har xil uslubdagi jamoalar bilan to'qnashadi. Umuman olganda, Eron terma jamoasi tarkib bo'yicha eng kuchlisi. 

O'mon termasi musobaqadagi sirli jamoa, yani CAFA vakili emas. Boshqa jamoalar terma jamoangizdan nimalarni kutishi kerak?

- Men murabbiy bo'lib kelganimda katta farq sezmadim, chunki kim bilan va qaerda o'ynashimizning farqi yo'q. Har bir bahsga jiddiy qaraymiz. Biz bu erga shunchaki o'ynab ketish uchun kelmadik. 

- O'mon termasi musobaqani mezbon O'zbekistonga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Bosim bo'lishidan kelib chiqsak, O'mon himoyaviy o'yin ko'rsatadimi?

- Bosim bo'lishi tabiiy. Qanday o'ynashimizni maydonda ko'rishinigiz mumkin. O'zbekiston kuchli jamoa, ularning avvalgi 3 ta o'yinini ko'rdim, lekin bu men uchun unchalik syurpriz bo'lmadi. Hammasini ertaga maydonda ko'ramiz. 

O'zbekiston terma jamoasi ustozi Srechko Katanec tarkibga yosh futbolchilarni jalb qilgan. Bu ham biz uchun qandaydir kutilmagan holat bo'lishi mumkin. 

- Guruhdagi boshqa raqiblar – Turkmaniston va Tojikiston xususida nima deya olasiz?

- Men Tojikiston termasi bosh murabbiyi Petar Segrtni anchadan beri taniyman. Uning jamoalari har doim yaxshi o'ynaydi. Sal oldin aytganimdek, bu erga katta maqsadlarni ko'zlab keldik. Har bir o'yinda eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatishga urinamiz. CAFA tashkilotchilariga bizni mehmon sifatida chaqirishgani uchun rahmat aytaman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing