15 sen 14:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Terens Krouford: "Men endi boksning yuziman"
Super o'rta vazn toifasining yangi mutlaq chempioniga aylangan Terens Krouford kamarlarning sobiq egasi Saul Alvares bilan jangi haqida gapirdi.
"Mening har qanday g'alabalarim uchun bahona izlashadi. Bu har doim sizning buyuk ekaningiz va raqiblaringizdan ancha oldindaligingizdan dalolat beradi.
Raqiblarim taniqsiz ekani, munosiblar bilan jang qilmasligimni aytishardi. Muxlislar bokschilarni hurmat qilishmaydi. Kanelo - barcha davrlarning eng buyuklaridan biri, unaqasi boshqa yo'q. Men Kaneloni mag'lub etdim, shuning uchun endi men boksning yuziman, har doimgidek, vazn toifasidan qatiy nazar eng yaxshi jangchiman", deydi Krouford.
Terens kecha hakamlarning yakdil qarori bilan Kaneloni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : Netflix
Fikrlar