15 sen 16:38
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				AQSHdagi o'zbek sportchisi - Murodbek CHoriev navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi
Kecha AQSHning Missuri shtati, Sent-CHarlz shahrida aralash yakka kurash bo'yicha Shamrock FC 368 musobaqasi bo'lib o'tdi.
			Turnirning markaziy jangida asli o'zbekistonlik sportchi Murodbek CHoriev oktagonga ko'tarildi. Amerikalik Jastin De Maniga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz birinchi raundning o'zida nokaut orqali g'alaba qozondi.
Bu Murodbekning faoliyati davomidagi ettinchi jangida qo'lga kiritgan oltinchi g'alabasi bo'ldi. Unda bitta mag'lubiyat ham bor. Jastin hisobida esa bu jangdan keyin 16 ta g'alaba, 12 ta mag'lubiyat va 1 ta durang mavjud.







            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar