So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

15 sen 17:51
Yangiliklar

Futbol

Futzal. Ertaga O'zbekiston Toshkentda to'rt karra Osiyo chempioniga qarshi o'ynaydi

Teglar :  Futzal
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi - 2026 saralash bahslariga puxta hozirlik ko'rish maqsadida O'zbekiston bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushish uchun Yaponiya milliy terma jamoasi poytaxtimizga etib keldi.

O'zbekiston — Yaponiya bahsi avval xabar berganimizdek, joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 17:00 da poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Kunchiqar yurt vakillari mamlakatimizga 15 nafar futzalchi va 11 nafar delegaciya azolari bilan uchib keldi.

YAPONIYA TERMA JAMOASI:

Texnik direktor – Teppei KONISHI
Bosh murabbiy – Kensuke TAKAHASHI
Yordamchi murabbiy – SHunsukeTANIMOTO
Darvozabonlar bo'yicha murabbiy – Keitaro UCHIYAMA
Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy – Toru SATO
Mashg'ulot o'tkazuvchi murabbiy – Ryoyu UCHIBE
Tahlilchi – Masaaki HAYASHI
SHifokor – Masaki YUGAMI
Sport murabbiylari – Naruto YOSHIDA, Daisuke SAVAI
Jamoa boshlig'i – SHoma TESHIMA

Darvozabonlar: Fabio FIUZA, Takuya UEHARA
Maydon o'yinchilari: Arthur OLIVEIRA, Hiroshi TABUCHI, Sora KANAZAVA,  Yusei ARAI, Takehiro MOTOISHI, Kazuya SHIMIZU, SHunta UCHIDA, SHunta UCHIMURA, Kokoro HARADA, Mitsuru NAKAMURA, Daisuke AO, Kentaro ISHIDA, SHoto YAMANAKA.


Osiyo qitasi chempionligiga faqat ikki terma jamoa sazovor bo'lgan: Eron va Yaponiya.  Bo'lg'usi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblarimiz bu ishning uddasidan to'rt marta chiqishgan bo'lishsa, qolgan barcha Osiyo Kuboklarida bosh sovrin Eron terma jamoasiga nasib etgan.

Kunchiqar yurt vakillari, shuningdek, Osiyo kuboklarida 6 marta kumush, 2 marta bronza medallariga sazovor bo'lishgan. Faqat to'rtta terma jamoa – Eron, Yaponiya, O'zbekiston hamda Tailand Osiyo kuboklarining doimiy ishtirokchilari sanalishadi. Sovrindorlar safidan joy egallashda Eron va Yaponiyadan keyingi uchinchi o'rinda O'zbekiston milliy terma jamoasi turadi. Hamyurtlarimiz to'rt marta Osiyo vice-chempioni, 6 marta bronza medali sovrindori bo'lgan.

O'rtoqlik uchrashuvidan keyin kunchiqar yurt vakillari Tojikiston Respublikasiga uchib ketishadi. Ular Dushanbe shahrida Osiyo kubogi-2026 musobaqasining C saralash guruhida mezbonlar – Tojikiston terma jamoasidan tashqari Makao hamda Kambodja terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Nodir Eliboev shogirdlari esa aynan mana shu muddatda Bishkekda Qirg'iziston, SHarqiy Timor hamda Falastin terma jamoalariga qarshi F saralash guruhi bahslarida o'z omadlarini sinovdan o'tkazishadi. Saralash o'yinlari 20-24-sentyabr sanalari oralig'ida bo'lib o'tadi.

Seshanba oqshomi "Yunusobod" sport majmuasida Osiyoning ikki etakchi terma jamoasi o'rtasidagi navbatdagi bahs ham juda shiddatli, qiziqarli kurashlar ostida o'tishiga shubha yo'q. Keling, ko'ring va zavqlaning! Murosasiz bahsda terma jamoamizning oltinchi o'yinchisiga aylaning!

Qadrli futzal ishqibozlari, shu o'rinda eslatib o'tamiz, "Yunusobod" sport majmuasiga kirish mutlaqo bepul.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing