So’nggi yangiliklar

19:20Расман: Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги эълон қилинди 0 18:54Венесуэла Жаҳон чемпионати плей-офф босқичида иштирок этиши мумкин 0 18:29Ҳумоюн Султонов бир ойлик танаффусдан сўнг кортга қайтди 0 18:03Бадиий гимнастикачиларимиз Софиядаги Жаҳон кубогининг илк босқичида совриндор бўлди 0 17:39Эрали яна жанг қилади, бу сафар Қозоғистонда (ПОСТЕР) 0 17:17МЮ "Барселона" футболчисига даъвогарлик қилмоқда 0 16:54Адесанья нокаутга учраганидан сўнг баёнот берди 0 16:25Велотрек бўйича Осиё чемпионатида биринчи бўлдик 0 16:02Бобоусмон Батуров техник нокаут эвазига ғалаба қозонди 0 15:39"Манчестер Сити" икки футболчи учун тахминан 200 миллион фунт тўлашга тайёр 0 15:17Менежер Дмитрий Бивол нега Россияда жанг қилишини тушунтирди 0 14:52"Нега Гэтжи каби қарияларга имконият берилаётганига тушунмаяпман". Арман Царукян UFC’ни танқид қилди 0 14:28Шаҳрам Ғиёсов Усик билан бир кардда чемпионлик жангини ўтказади — манба 0 14:02ЖЧ-2026 қитъалараро плей-офф баҳслари. Бугун сўнгги 6 та йўлланмани қўлга киритадиган жамоалар номи маълум бўлади 0 13:38Қозоғистон Осиё чемпионатида кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди 0

14 fev 14:42
Yangiliklar

Futbol

Futzal klublari uchun xushxabar: OFK to'xtab qolgan musobaqani qayta tiklash rejasini tuzyapti

Teglar :  Futzal
Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati 2019 yildan so'ng to'xtab qolgandi.

Bu musobaqani ko'pchilik futzal bo'yicha chempionlar Ligasi yoki OFK futzal chempionlar Ligasi ham deb ataydi. O'z mamlakatining chempionlari ishtirok etadigan ushbu nufuzli turnir mana etti yildirki o'tkazilmasdan kelmoqda. Lekin yaqinda OFK 2027 yildan futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatini qayta tiklashi haqida xushxabar tarqaldi.

Bu qanday musobaqa?

Aytib o'tganimizdek, bunda futzal klublari ishtirok etadi va har yil o'tkazib kelinadi. 2019 yil oxirgi musobaqa Tailand poytaxti Bangkokda tashkil qilindi va shundan so'ng 2020 yil butun dunyoni "zabt etgan" COVID tufayli to'xtab qoldi. SHundan beri umuman o'tkazilmayapti.

Futzal bo'yicha klublar chempionlar Ligasida o'z mamlakatining chempionlari ishtirok etadi va bu turnir markazlashgan tartibda bitta davlatda, qisqa muddat oralig'ida bo'lib o'tadi. Musobaqaning amaldagi chempioni - Yaponiya futzal klubi "Nagoyya Oshinz".

Musobaqa tarixi

Dastlabki musobaqa Osiyo futzal Kubogi nomi bilan  2006 yil o'tkazilgan bo'lib, Eron mezbonlik qilgan klublar o'rtasidagi ilk turnirda 6ta jamoa ishtirok etgandi. Bu jamoalar orasida Toshkentning "Ardus" futzal klubi ham bo'lganini yoshi katta muxlislar yaxshi eslaydi. O'shanda finalga qadar borib, hal qiluvchi bahsda Eronning "SHensa Saveh" klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan "arduschilar" safida Farrux Faxrutdinov yagona gol muallifi bo'lgandi.

Musobaqa orada bir muddat to'xtab qoladi va 2010 yildan boshlab yana qayta tiklanadi. SHundan so'ng qatorasiga 10 marta o'tkazildi. Quyida futzal bo'yicha klublar Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan mamlakatlar hamda barcha finallarni keltirib o'tamiz.

2006. Saveh, Eron

Final. "SHensa Saveh" (Eron) - "Ardus" (O'zbekiston) 5:1


2010. Isfahon, Eron

Final. "Fulad Mahan" (Eron) - "Al Sadd" (Qatar) 5:2


2011. Doha, Qatar

Final. "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya) - "SHahid Mansuri" (Eron) 3:2


2012. Kuvayt, Quvayt

Final. "Giti Pasand" (Eron) - "Ardus" (O'zbekiston) 2:1


2013. Nagoyya, Yaponiya

Final. "CHonburi" (Tailand) - "Giti Pasand" (Eron) 1:1 (penaltilar 4:1)


2014. CHengdu, Xitoy

Final. "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya) - "CHonburi" (Tailand) 5:4


2015. Isfahon, Eron

Final. "Tasisat Daryayi" (Eron) - "Al Qadsiya" (Quvayt) 5:4


2016. Bangkok, Tailand

Final. "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya) - "Naft Al Vasat" (Iroq) 4:4 (penaltilar 6:5)


2017. Xoshimin, Vetnam

Final. "CHonburi" (Tailand) - "Giti Pasand" (Eron) 3:2


2018. Yogyakarta, Indoneziya

Final. "Mes Sungun" (Eron) - "Tay Son Nam" (Vetnam) 4:2


2019. Bangkok, Tailand

Final. "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya) - "Mes Sungun" (Eron) 2:0

O'zbekiston klublari ishtiroki

Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining har birida O'zbekiston futzal klubi ishtirok etgan. SHu paytgacha 11ta musobaqa o'tkazilgan bo'lsa, "Ardus" va OKMK to'rt martadan, "Lokomotiv" ikki marta hamda "Stroitel Zarafshon" bir marta mazkur turnirda qatnashgan.

2006 yil. "Ardus"

Natijasi: Final, Eronning "SHensa Saveh" klubiga imkoniyatni boy bergan.

2010 yil. "Stroitel Zarafshon"

Natijasi: Guruh bosqichi, 0 ochko.

2011 yil. "Ardus"

Natijasi: Guruh bosqichi, 1 ochko.

2012 yil. "Ardus"

Natijasi: Final, Eronning "Giti Pasand" klubiga imkoniyatni boy bergan.

2013 yil. "Ardus"

Natijasi: Guruh bosqichi, 1 ochko.

2014 yil. "Lokomotiv"

Natijasi: Guruh bosqichi, 3 ochko.

2015 yil. "Lokomotiv"

Natijasi: Guruh bosqichi, 0 ochko.

2016 yil. OKMK

Natijasi: 1/4 final, Tailandning "CHonburi" klubiga imkoniyatni boy bergan.

2017 yil. OKMK

Natijasi: Guruh bosqichi, 0 ochko.

2018 yil. OKMK

Natijasi: Guruh bosqichi, 0 ochko.

2019 yil. OKMK

Natijasi: 3-o'rin uchun bahs, Vetnamning "Tay Son Nam" klubiga imkoniyatni boy bergan.

Oxirgi musobaqa

Aytib o'tganimizdek, futzal bo'yicha klublar Osiyo chempionlar Ligasi so'nggi bor 2019 yil o'tkazilib, bunda 16ta jamoa ishtirok etdi. Turnir 7-17 avgust oralig'ida 10 kun ichida o'tkazilgan. Barcha o'yinlar 12 ming muxlisni o'z bag'riga sig'diradigan "Bangkok Arena"da bo'lib o'tganini ham eslab o'tish joiz.

Oxirgi musobaqada OKMK futzal klubi hartugul yaxshi ishtirok etgani ko'pchilikning yodida. Guruh o'yinlarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan olmaliqliklar chorak finalda Tailandning "Port FK" klubini 4:3 hisobida mag'lub etishadi. Biroq yarim finalda Eronning "Mes Sungun" jamoasiga 3:7 hisobida imkoniyat boy beriladi. Natijada 3-o'rin uchun bahsda Vetnamning "Tay Son Nam" klubiga qarshi bahs olib borgan Aleksandr Petrov shogirdlari bu o'yinda ham mag'lubiyatga uchrashgan.

O'zbekiston mezbonlik qilishi mumkinmi?

OFK 2027 yildan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatini yana yo'lga qo'yish rejasini tuzyapti. Hozircha navbatdagi musobaqa bo'lib o'tadigan sana, joy va nechta jamoa ishtirok etishi malum qilinmagan. Katta ehtimol bilan yana 16ta jamoalik format yo'lga qo'yilsa kerak.

Mezbonlik masalasida O'zbekiston bemalol ariza topshira oladi. Hartugul Jahon chempionatini o'tkazdik, klublar o'rtasidagi turnirni ham bemalol qabul qila olamiz. Faqat hamma gap O'FFning qanday yo'l tutishida.


X.Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing