So’nggi yangiliklar

08:51Чимаев унга қарши жанг қилиш истагини билдирган де Риддерга жавоб берди 0 08:30Мессисиз "Интер Майами" Лига кубогининг 1/2 финалига йўл олди 0 08:09Исроил Мадримов Кроуфорд ниманинг эвазига Канелони мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 07:48Каратэчиларимизнинг Жаҳон чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 07:27UFC раҳбарияти Царукянга жанг муддати ва рақибларини маълум қилди 0 18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0

20 iyu 14:08
Yangiliklar

Boshqalar

Buxorolik aviamodelchilar - O'zbekiston chempioni + FOTOGALEREYA

Teglar :  AviamodelBuxoro
16-19 iyun kunlari Urganch shahridagi Xorazm viloyati yuridik texnikumi sport bazasida xona aviamodel sporti bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Unda mamlakatimizning 11 ta jamoasi 5 ta yo'nalishda g'oliblik uchun bahs yuritdi. 

Etiborlisi shundaki, shaxsiy hisobda buxorolik aviamodelchilar 4 marta chempionlikni tantana qilishdi. SHuningdek, ular 4 ta kumush va 1 ta bronza medali sohibi bo'lishdi. 

Quyida chempionatning barcha g'olib va sovrindorlarini havola qilamiz.

F-1-M  sinfi. O'smirlar. 1-o'rin. Sardor Ruziev (Buxoro). 2-o'rin. SHahruz Nosirov (Buxoro). 3-o'rin. Umid Tojimuhammadov (Toshkent sh.).

F-1- D  sinfi. O'smirlar. 1-o'rin. Dilshod Negmurodov (Buxoro). 2-o'rin. Mironshoh Nosirov (Buxoro). 3-o'rin. Muhammad Mustafo Ulug'bekov (Toshkent sh., Yunusobod “Barkamol avlod”).

F-1- N  sinfi. O'smirlar. 1-o'rin. Dilshod Negmurodov (Buxoro). 2-o'rin. Otabek Fazliddinov (Namangan). 3-o'rin. Farux Safoev (Buxoro).

F-1- N  sinfi. Kattalar. 1-o'rin. Marat Hakimzanov (Toshkent sh.). 2-o'rin. SHaxboz Bafoev (Buxoro). 3-o'rin. Radik Iskandarov (Xorazm).

F-1- D  sinfi. Kattalar. 1-o'rin. SHamsitdin Bafoev (Buxoro). 2-o'rin. SHahboz Bafoev (Buxoro). 3-o'rin. Dmitriy Beloglazov (Toshkent v.).

Umumjamoa hisobida Buxoro viloyati jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Toshkent shahri aviamodelchilari ikkinchi, Farg'ona viloyati vakillari esa uchinchi o'rinni egallashdi.

CHempionatning taqdirlash marosimida. O'zbekiston Respublikasi mudofasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktori Anvar Qurbonniyozov hamda viloyat kengashi raisi Davron Ibragimov g'olib va sovrindor sportchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qizg'in qutlab, ularni tegishli darajadagi diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlashdi.

Tashkilotchilar musobaqa qatnashchilarining bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishiga ham etibor qaratishdi. SHu maqsadda sportchilar va ularning trenerlari uchun “Ochiq osmon ostidagi muzey shahar” tarifini olgan qadimiy va navqiron Xiva shahriga sayohat tashkil etildi.

Ichki turizmni rivojlantirish doirasida amalga oshirilgan ushbu tadbir chog'ida sayohatchilar “Ichan qala” davlat muzey qo'riqxonasining tarixiy obidalari, uning noyob asori atiqalarni miriqib tomosha qilishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, O'zbekiston sport faxriysi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing