14 apr 17:59
Yangiliklar
Dzyudo

Ilk bor tashkil etilgan “Judo Clubs” musobaqasi yuqori saviyada o'tkazildi + FOTOREPORTAJ
Buxoro tuman sport maktabida yurtimizda faoliyat yuritayotgan dzyudo klublari yosh tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Judo Clubs” musobaqasi bo'lib o'tdi.
Unda 2014-2015 hamda maxsus ruxsatnoma asosida 2016 yilda tavallud topgan kichik o'smirlar belgilangan vazn toifalarida sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bordi. Yakunda g'olib va sovrindorlar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
“Judo Clubs” musobaqasi istedodlarni kashf etib berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi va yil davomida o'tkaziladi. Navbatdagi turnirga Namangan viloyati mezbonlik qilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar