21 avg 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev unga qarshi jang qilish istagini bildirgan de Ridderga javob berdi
UFC chempioni Xamzat CHimaev niderlandiyalik Rene de Ridderning unga qarshi jang qilish haqidagi gapiga javob qaytardi.
De Ridder ijtimoiy tarmoqda: "Kamar bilan tabriklayman. Ammo men senga haqiqiy grepplingdagi hukmronlik qanday bo'lishini ko'rsataman", — deb yozdi.
CHimaev esa unga javob berib: "Men seni oq kamar kabi ko'rinishga majbur qilib qo'yaman", - dedi.
Niderlandiyalik de Ridder navbatdagi jangini 18 oktyabr kuni Kanadananing Vankuver shahridagi UFC turniri doirasida o'tkazadi. Demak, uning CHimaevga qarshi jang qilish orzusi bir muddat kechroqqa suriladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar