13 may 17:37
Yangiliklar
Boshqalar

Buxoroda chim ustida xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionati yakunlandi
Buxoro viloyatida U-18 qizlar o'rtasida chim ustida xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Buxoro shahrida joylashgan "Sitora" sport majmuasida o'tkazilgan musobaqada respublikamizning 8 ta viloyatidan kelgan jamoalar ishtirok etdi.
Qizg'in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o'tgan musobaqa natijalariga ko'ra:
1. Farg'ona viloyati jamoasi
2. Buxoro viloyati jamoasi
3. Samarqand viloyati jamoasi egalladi.
G'olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar