So’nggi yangiliklar

23:05Волейбол. Ўзбекистон ЖЧда дебют қилиб, Туркия ишончли тарзда мағлуб этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:49Қардошлар баҳсида Ўзбекистон Туркияни ишончли ҳисобда мағлуб этди + ФОТО 0 18:42"Топурияни ютаман, камарни Оқ уйда ҳимоя қиламан ва ММАдан кетаман" 0 18:21Жорже Жезуш: "Роналду – катта масштабдаги шахс" 0 18:00Рамазон Темиров Маккада (ФОТО) 0 17:39UFC нима учун Арман Царукянга чемпионлик жангини бермайди? Гэтжи тушунтирди 0 17:18Илия Топурия UFC унга ким билан жанг ташкил қилиб бермоқчи эканини айтди 0 17:09Пойтахтимиз мезбонлигида ўтаётган волейбол бўйича Жаҳон чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:57Расман: "Милан"га клуб тарихидаги биринчи эквадорлик ўтди 0 16:36Мэнни Пакьяо илк бор киритилган ESPN рейтингида Шаҳрам Ғиёсов нечанчи ўринни эгаллаб турибди? 0 16:15Пара атлетларимиз яқин бир ой ичида иккита Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 15:54Мужибилло Турсуновнинг WBC Гран-присидаги кейинги рақиби маълум 0 15:33Халқаро тақвим: Август ойида нималар кутмоқда? 0 15:12Хабибнинг Eagle FC ММА Лигаси турнир ташкил этади + ПОСТЕР 0 14:51Бугун қайси спорт турларида Универсиада медаллари учун баҳс олиб борамиз? 0

21 iyu 19:15
Yangiliklar

Boks/MMA

Dahshat! Usikning daromadi 22 barobar ko'paydi. Aleksandr va Daniel gonorar borasida rekord o'rnatdi

19 iyul kuni "Uembli"da Aleksandr Usik va Daniel Dyubua o'rtasida revansh jangi bo'lib o'tdi.

Usik superog'ir vaznlilar orasida ikkinchi marta mutlaq jahon chempioniga aylandi. U IBF kamaridan voz kechgan edi. Bu kamarni Dyubua Entoni Joshuani mag'lub etgandan so'ng qo'lga kiritgan edi. Endi esa Usik kamarni qayta qo'lga kiritdi. Bokschilar to'liq jang o'tkazmay turib, katta gonorarlarga ega bo'lishdi. 

Usik Fyuriga qarshi janglardan ham ko'proq pul ishladi. Dyubua uchun ham bu rekord gonorar bo'ladi

2023 yilning avgust oyidagi birinchi jang Usikning muddatidan oldingi g'alabasi bilan yakunlangan edi, ammo u juda ko'p bahslarga sabab bo'ldi. Beshinchi raundda Usik beldan past zarbani o'tkazib yuborgan va erga o'tirib qolgandi. Hakam unga 5 daqiqaga yaqin tiklanish imkonini berdi, lekin Dyubuadan ochko olib tashlanmadi. Keyingi raundlarda Usik to'liq ustunlik qildi: sakkizinchi raundda Dyubuani nokdaunga uchratdi, to'qqizinchi raundda esa nokaut qildi.

Usik jangni nazorat qildi, lekin Dyubua juda kuchli zarbalar bilan javob qaytardi. Jangdan keyin Dyubua va uning promouteri Frenk Uorren hakamlikni qattiq tanqid qildi va hatto WBA'ga apellyaciya ham berildi. Lekin apellyaciya rad etildi.


Gonorarlar haqiqiy "kosmos"

News Bet365 malumotlariga ko'ra, jang uchun umumiy gonorar $203,5 millionni tashkil etgan.

Aleksandr Usik — 65% ($132,28 million dollar), Daniel Dyubua — 35% ($71,22 million dollar) oldi.

Bu mablag'lar kafolatlangan va PPV (jangni pullik tomosha qilish) foydalariga bog'liq emas. Yani natija va ko'rishlar soni qancha bo'lishi muhim emasdi — sportchilar uchun bu kafolatlangan summa hisoblanadi. 

Bu ikki bokschi uchun ham bu faoliyatlaridagi eng katta gonorar hisoblanadi.

Usik Tayson Fyuriga qarshi ikki jangdan keyingi gonorarlarini ham ortda qoldirdi:

Fyuriga qarshi birinchi jang — $45 mln

Fyuriga qarshi revansh — $114 mln


Dyubua uchun ham bu yuqoriga sakrash bo'ldi:

Joshuaga qarshi jang uchun olgan gonorari — taxminan $13,5 mln

Endi esa Usikka qarshi jang uchun — $71,22 mln

Uning bu jang uchun olgan gonorari Tayson Fyurining revansh jangidan olgan puliga yaqin (taxminan $75 mln).


Usikning gonorari ikki yilda 22 barobarga o'sdi

2023 yilda Usik – Dyubua jangidan Usik $6 mln, Dyubua esa $2 mln olgan edi.

SHuningdek, 2022 yildagi Entoni Joshuaga qarshi jang uchun Usik $40 mln olgani aytilgan.

Bunday holatda Usikning so'nggi ikki yildagi daromadi juda katta o'sgani ko'rinib turibdi. Holbuki, u avval pulga emas, tarixga kirish uchun ishlayotganini aytgan edi:

"Menda, shukrki, pul bor. Menda katta pul olish ustuvor maqsad emas. Men uchun asosiy maqsad — jamoam bilan birga tarix yozish. Pul esa, shukrki, bo'ladi", — degan edi Usik birinchi jang arafasida.

Usik tarixga kirdi — u og'ir vaznda ikki karra mutlaq chempion bo'lgan birinchi bokschiga aylandi. U Dyubuaga qarshi revanshda g'alaba qozonib, superog'ir vaznda (uchta va undan ortiq kamar mavjud bo'lgan davrda) ikki karra mutlaq chempion bo'lgan tarixdagi birinchi bokschiga aylandi.

Dyubua bilan bo'lgan revansh — Usikning so'nggi uch yildagi uchinchi ikki seriyali jangidir (dilogiya). Avvalroq u Fyuri va Joshuani ham ikki martadan mag'lub etgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing